Filippin qirg‘oqlarida noma'lum "jundor maxluq"ni ko‘rishdi
Filippin aholisini to‘lqin bilan qirg‘oqqa olib chiqib tashlangan noma'lum jundor maxluq qo‘rqitib yubordi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda. Nashrning ta'kidlashicha, odamlar o‘z qo‘rquvlariga qaramasdan, maxluqni yaxshiroq tomosha qilish va u bilan suratga tushish uchun plyajga kelishdan toymadilar.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, o‘lik holda bo‘lgan jonzot katta o‘lchamli va jundor bo‘lgan. Biroq hech kim bu qanday turdagi jonzot ekanligini tushuna olmagan. Guvohlar turli, hattoki aql bovar qilmas taxminlar bildira boshlashgan. Misol uchun, ular antiqa jonzotni "Avatar: Aang haqida afsona" multserialidagi hayvonga o‘xshatishgan.
Biroq, bu sirli jonzot nimaligiga olimlar aniqlik kiritdilar: ularning aniqlashicha, bu ikki hafta oldin o‘lgan kit jasadi bo‘lgan.
Mavzuga oid
20:28 / 23.11.2024
Filippin vitse-prezidenti davlat rahbari uchun killer yollaganini aytdi
20:50 / 14.11.2024
Filippinga «Usagi» to‘foni yopirildi
22:16 / 11.11.2024
Filippinga «Toraji» to‘foni yopirildi
17:55 / 10.11.2024