Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ramzon Qodirov IShID jangarilarini nima vahimaga solishini aytdi
Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning aytishicha, IShID terrorchilik guruhi jangarilari Suriyada tinchlik o‘rnatilishidan qo‘rqadilar, chunki bu holatda ular xorijdan ko‘mak olmay qo‘yadilar.
"Banditlar G‘arbdagi xo‘jayinlari ularni "Al-Qoida" kabi tashlab qo‘yishlarini, banditlarning boshlig‘i al-Bag‘dodiyni esa bin Lodin kabi yo‘q qilib yuborishlarini bilib, Suriyaga tinchlik kelishidan qo‘rqadilar. Shuning uchun xo‘jayinlari nazaridan chetda qolmaslik uchun, o‘z hayotlarini uzaytirish ilinjida Suriya xalqini yo‘q qilmoqda. Ularning yakuni mutlaq kutilmaganda keladi", deb yozdi Qodirov instagrammdagi sahifasida.
Bundan tashqari, Qodirov Al-Bobdagi portlashda halok bo‘lganlarning yaqinlari va qarindoshlariga hamdardlik bildirdi.
Avvalroq Suriyaning Al-Bob shahri yaqinida minalashtirilgan avtomobil portlashi oqibatida 45 ga yaqin kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
21:21 / 14.03.2025
Iroqda IShIDning «eng xavfli jangarisi» o‘ldirildi
09:27 / 09.12.2024
AQSh Suriyada IShIDning 75 tadan ortiq obektiga zarba berdi
12:00 / 21.10.2024
GFRda IShID tarafdori Isroil elchixonasiga hujum uyushtirishni rejalashtirgan
15:11 / 05.10.2024