Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Spirtli ichimliklar qon tomirlarining tez qarishiga olib keladi
Muntazam ravishda spirtli ichimlik iste'mol qilish arteriyalarning shiddat bilan qarishiga olib kelar ekan. Bu ayniqsa erkaklarga taalluqli. Amerika Kardiologiya assotsiatsiyasining shunga doir tadqiqoti haqida "Ortodoks" tibbiy portali xabar berdi.
Kardiologlar ko‘p yillar davomida 3 869 nafar kishini kuzatishdi, ularning 70 foizi erkaklardan iborat bo‘lgan. Ekspertlar ancha yillardan beri spirtli ichimlik iste'mol qiluvchi ko‘ngillilar ahvolini alohida qiziqish bilan o‘rganishdi. Tadqiqotning barcha ishtirokchilarida har 4-5 yilda arteriyalarning holati tekshirib borildi.
Ma'lum bo‘lishicha, ko‘p yillar davomida haftasiga 112 grammdan ko‘proq etanol (masalan, 1 litr pivoda 40 grammcha etanol bo‘ladi) iste'mol qilgan kishilarda arteriyalar elastikligi pasaygan. Bu normal qon aylanishini buzadi va yurak-qon tomir kasalliklari, shuningdek yurak xuruji va insult xavfini oshiradi.
Mavzuga oid
14:22 / 05.02.2025
Saudiya Arabistonida og‘ir kasallikka chalingan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
22:06 / 28.01.2025
Hindistonda 17 kishi noma’lum kasallikdan vafot etdi
10:00 / 16.01.2025
Turkiyada spirtli ichimlikdan vafot etgan o‘zbekistonliklar soni 10 nafarga yetdi
09:33 / 16.01.2025