Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Yevropa mamlakatlari tajribasi o‘rganilgan holda yangi qonun qabul qilindi
24 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot xizmati xabar bermoqda.
Deputatlar fuqarolar, tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini ko‘rib chiqdilar.
Deputatlar o‘z ishlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktabrda qabul qilingan «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta'minlash, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonini ijro etish maqsadida hamda 2017 yilga mo‘ljallangan Soliq va byudjyet siyosati konsepsiyasiga muvofiq ishlab chiqilgan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda muhokama qilishdan boshladilar.
Qonun loyihasida to‘lovga oid tartib-intizomni, soliqqa oid maslahatlar berish sohasida ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini, xorijiy investitsiyalarga ega bo‘lgan korxonalarning huquqlari va ular faoliyatining kafolatlarini ta'minlash nazarda tutilgan. Qonun loyihasini tayyorlash chog‘ida amalda mavjud bo‘lgan muammolar tahlil etildi, Avstriya, Germaniya, Italiya kabi davlatlarning hamda MDHdagi bir qator mamlakatlarning tajribasi o‘rganilib, bu pirovardida hujjatning sifatini yaxshilash imkonini berdi.
Ushbu qonunning qabul qilinishi tadbirkorlik sohasini jadal rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga, soliqqa oid maslahatlar berish masalalarini huquqiy jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
10:04 / 12.05.2025