Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoydagi mehmonxonada ro‘y bergan yong‘in qurbonlari soni ortib bormoqda
Xitoyning Tszyansi viloyatidagi mehmonxonada yuz bergan yong‘in oqibatida so‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra 10 kishi halok bo‘lgan, deb xabar bermoqda China News Service agentligi mahalliy hukumatga asosan.
Hodisa Nanchan shahridagi mehmonxonada yuz bergan. Yong‘in binoning ikkinchi qavatidagi ta'mirlash ishlari vaqtida kelib chiqqan. Avvalroq uch nafar inson halok bo‘lgani hamda 14 kishi jarohat olgani haqida xabar qilingandi.
Yong‘indan so‘ng bino ko‘zdan kechirilganda, yana yetti nafar insonning jasadi topildi. Ushbu holat bo‘yicha umumiy hisobda yetti nafar gumonlanuvchi qo‘lga olindi.
Politsiyaning dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, yong‘inga ishlardagi texnika xavfsizligining buzilishi sabab bo‘lgan. Uning aniq sabablari oydinlashtirilmoqda, surishtiruv o‘tkazilmoqda.
Yong‘inni o‘chirish ishlarida 160 nafardan ortiq inson, 19ta o‘t o‘chirish texnikasi qatnashdi. Mehmonxona binosi va unga tutash binodagi turar-joy majmuasidan 260 nafar inson xavfsiz joyga ko‘chirildi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025