Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada Boris Nemtsovni xotirlab o‘tkazilgan marshda 5 ming kishi ishtirok etdi
Moskvada 2 yil muqaddam o‘ldirib ketilgan muxolif siyosatchi Boris Nemtsovni xotirlash marshi o‘tkazildi.
Marsh ishtirokchilari Akademik Saxarov prospektida o‘z yurishlarini to‘xtatishgan va plakatlarni yig‘ishtirib tarqalishgan.
Ularning bir qanchalari Nemtsov o‘ldirilgan ko‘prikda gullar o‘rnatish uchun yo‘l olishgan.

IIV ma'lumotiga ko‘ra, ushbu marshda 5 mingga yaqin kishi ishtirok etdi. «Belyy schetchik» hisobiga ko‘ra esa marshga 15,2 ming kishi chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, siyosatchi Boris Nemtsov 2015 yilning 27 fevral kuni Moskvada o‘ldirib ketilgan edi. Jinoyat yuzasidan tergov ishlari bugungi kunga qadar davom etmoqda.
Ilgariroq gumondorlardan biri — «Shimol» bataloni komandiri o‘rinbosari Zaur Dadayev aybini tan olgan, so‘ng bu so‘zlaridan qaytgan edi.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
19:49 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi
14:35 / 08.05.2025