Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tottenhem» «Stok»ni yirik hisobda yengib, turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi
«Tottenhem» APLning 26-turi doirasida «Stok Siti»ga qarshi uchrashuv o‘tkazdi. Bu o‘yin Londondagi «Uayt Hart Leyn» stadionida bo‘lib o‘tdi va mezbonlarning 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yinning birinchi bo‘limidayoq Harri Keyn 3ta gol urdi, yana bir gol u bergan pasdan keyin Dele Alli hisobiga yozildi - 4:0.
Bu natija ikkinchi bo‘limda ham saqlanib qoldi, bu g‘alabadan keyin «Tottenhem» hisobidagi ochkolar soni 53taga yetdi va jamoa «Manchester Siti»ni (52) quvib o‘tib, turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Turnir jadvalida «Chelsi» yetakchilikni davom ettirmoqda (63), «Stok Siti» 32 ochkosi bilan 10-o‘ringa joylashgan.
Tottenhem – Stok Siti 4:0
Gollar: 1:0 – 14 Keyn, 2:0 – 32 Keyn, 3:0 – 37 Keyn, 4:0 – 45 Alli.
Tottenhem – Loris, Vertongen (Uinks, 66), Devis, Uoker, Alderveyreld (Vimmer, 49), Dembele, Dayyer, Alli, Vanyama, Eriksen, Keyn (Son Xin Min, 86).
Stok Siti – Grant, Shoukross, Piters, Bardsli, Martins Indi, Allen, Adam (Afellay, 60), Sobhi, Uelan (Kemeron, 82), Arnautovich, Krauch (Beraxino, 60).
Ogohlantirishlar: Uelan (20), Adam (25), Arnautovich (39), Vimmer (67), Vanyama (90).
Mavzuga oid
12:05 / 22.05.2025
«Tottenhem» finalda «MYu»dan ustun keldi va mavsumni qutqarib qoldi
15:13 / 21.05.2025
«MYu» yoki «Tottenhem»: ikkinchi darajali yevrokubok kimga ko‘proq kerak?
18:52 / 01.05.2025
«To‘rt og‘ayni botirlar». Yevropa ligasi yarimfinallari oldidan
11:45 / 27.12.2024