Sport | 14:22 / 26.02.2017
8682
1 daqiqa o‘qiladi

Video: 99 va 92 yoshli yuguruvchilar o‘rtasidagi bahsda g‘olib fotofinish orqali aniqlandi

Ikkinchi jahon urushi faxriysi, 99 yoshli Orvil Rojyers Masters Indoor Track & Field turniri doirasida 60 metrga yugurish musobaqasida 92 yoshli raqibi Dikson Hemfillni ortda qoldirdi. Qayd etish kerakki, avvaliga ortda borgan Rojyers marra chizig‘i arafasida tezlikni kuchaytirib, chiziqni avvalroq bosgan, g‘olib fotofinish orqali aniqlangan.

Hemfill keyinroq jurnalistlarga bergan intervyusida kelgusida o‘z natijasini yaxshilash niyatida ekani haqida gapirgan.

Keksa yuguruvchilar 200, 400, 800 va 1600 metr masofalar bo‘yicha ham bellashishgan, lekin bu masofalarning barchasida nisbatan yoshroq bo‘lgan Hemfill birinchi bo‘lib kelgan.