Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afflek «Eng yaxshi aktyor» yo‘nalishida «Oskar» oldi
«Dengiz bo‘yidagi Manchester» filmida bosh rolni ijro etgan aktyor, Ben Afflekning tug‘ishgan ukasi Keysi Afflek «Eng yaxshi aktyor» yo‘nalishida «Oskar» oldi.
Ushbu mukofot uchun asosiy da'vogar sifatida qaralgan, «La-La Lend»da bosh rollardan biri ijrochisi Rayan Gosling esa mukofotdan quruq qoldi. U va Afflekdan tashqari mukofot uchun Endryu Garfild («Vijdon nuqtai nazaridan»), Viggo Mortensen («Kapitan Fantastik» (Captain Fantastic) va Denzel Vashington («To‘siqlar») «Oskar» uchun kurash olib borgandi.
Qayd etish kerakki, bu «Dengiz bo‘yidagi Manchester» uchun bugungi ikkinchi «Oskar» bo‘ldi. Bungacha film «Eng yaxshi ssenariy» yo‘nalishida mukofotga ega chiqqandi.
Bundan oldinroq ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor uchun «Oskar»ni Maxershala Ali qo‘lga kiritgandi.
Mavzuga oid
20:37 / 03.03.2025
Falastin kurashi haqidagi «Boshqa yer yo‘q» hujjatli filmi «Oskar»ga munosib ko‘rildi
11:02 / 03.03.2025
«Anora» - «Oskar»ning bu yildagi asosiy filmi bo‘ldi. Uning rejissyori Shon Beyker to‘rtta mukofotni qo‘lga kiritdi
11:13 / 12.03.2024
«Bu film bo‘lmasligini istardim» - Mariupol haqidagi hujjatli film «Oskar» oldi
08:38 / 11.03.2024