Jamiyat | 09:41 / 28.02.2017
18966
4 daqiqa o‘qiladi

Diabet bilan og‘rigan o‘g‘lini ochlik bilan qiynagan ota-ona 25 yilga ozodlikdan mahrum etildi

2013 yilda Kanadaning Kalgari shahridagi Raditlar oilasiga tegishli uyda shifokorlar 15 yoshli Aleksandrning vafot etganini qayd etishgan. O‘limga qattiq ochlik fonida rivojlangan bakterial sepsis sabab bo‘lgan. Ijtimoiy xodimlar fikriga ko‘ra, Emil va Rodika Raditalar atayin bir necha yil davomida bolaga kerakli tibbiy yordam olishiga imkoniyat yaratishmagan, natijada bolada bo‘lgan nazorat qilinmaydigan diabet shunday fojiali yakunga olib kelgan.

“Bolada qorinning o‘zi yo‘q edi, u juda oriq edi. Aleksandr kiyimlardan faqatgina taglik va futbolka bo‘lgan. Uni topishganda – ko‘zlari ochiq edi, biroq nafas olmayotgandi”, - deya aytib o‘tdi feldsher Debora Baumbek.

Rodika va Emil Radita — Aleksandrning ota-onasi

“Aleks kuchli ochlik tufayli paydo bo‘lgan bakterial sepsis oqibatida hayotdan ko‘z yumdi. Uning hayotdan ko‘z yumayotganidagi holati kutilmaganda yoki tez ro‘y bermadi, bu bir necha oylar, balki yillar davomidagi ahvolidan keyin kuzatildi”, - deya ma'lum qilgan sudya Xorner.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, er-xotin o‘g‘illari diabet bilan og‘rishini tan olishmagan, hamda bu xastalik bilan hech qanday usulda kurashishmagan. 2003 yilda besh yoshli Aleksandr kuchli ochlik tufayli bolalar kasalxonasiga olib kelingan. Uning yuzi kul rangda, qorni shishib ketgan, qo‘l va oyoqlari juda oriq, sochlari esa to‘kilib ketgandi. Ma'lum bo‘lishicha, bolada diabetning jiddiy bosqichi bo‘lib, davolanmaslik shunday dahshatli oqibatlarga olib kelgan. Aleksandr intensiv terapiya kursidan keyin asta-sekinlik bilan o‘ziga kela boshladi, ijtimoiy xodimlar esa ota-onasi - Rodika va Emil o‘g‘illariga yetarli darajada e'tibor bilan qaray olmaydi, degan xulosaga kelishgan. Sud qaroriga ko‘ra bola bir yilga vaqtinchalik boshpanaga jo‘natildi.

2004 yilda sud ota-onaning iltimosi bilan qarorni qayta ko‘rib chiqdi hamda Aleksandrni uyga qaytardi, sababi er-xotin Raditalar hayot sharoitlari yaxshilangani haqida bong urishgan. Rodika va Emil bola uchun doimiy shifokor topishlari, bolaga insulin ukollarini qilishlari hamda uyda ta'lim olishi uchun sharoit yaratib berishga va'da qilishgan.

Aleksandr Radita vaqtinchalik boshpanada, 2004 yil

Aleksandrning o‘limidan so‘ng politsiya voqea tafsilotlarini o‘rgana boshladi hamda bolada anchadan beri davolovchi shifokor bo‘lmagani, uning ta'lim olishiga esa hech kim e'tibor qaratmaganini aniqladi. Er-xotinda Aleksdan tashqari yana yettita farzandi bo‘lib, ularning aksariyati katta yoshda. Politsiya qizlardan birini so‘roq qilish paytida Rodika va Emil “shifokorlarga din tufayli ishonmasliklari”ni hamda bolalardan hech qaysi biri kasal bo‘lganida kerakli tibbiy yordamni olmaganini aniqladi.

Aleksandrning so‘nggi tug‘ilgan kuni

“U shu darajada oriq ediki, yuzida xuddi teri yo‘qdek – faqatgina suyaklar bordek tasavvur uyg‘otardi”, - dedi feldsher Debora Baumbek.

Emil va Rodika Raditalar birinchi darajali qotillikda aybdor deb topildi hamda avf etish huquqisiz 25 yilga ozodlikdan mahrum etildi. OAV xabariga ko‘ra, hukm chiqarilgan payt er-xotindan hech biri his-tuyg‘ularini umuman ko‘rsatmagan va sud qaroriga izoh berishmagan.

Mavzuga oid