Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy Osiyoning 3 davlatiga turne uyushtirgan Putin Turkmanistonga ham boradi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin yaqin vaqtlar ichida Turkmanistonga ham tashrifni amalga oshiradi. Bu haqda Kreml saytida ma'lum qilingan.
Qayd etilishicha, davlat rahbari Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot chog‘ida shu haqda gaplashgan.
Prezident ma'muriyati ma'lumotiga ko‘ra, Putin va Tojikiston rahbari Emomali Rahmon birgalikda tushlik qilishgach, Turkmaniston prezidenti bilan telefon orqali muloqot o‘tkazishgan.
«Muloqot davomida Putin Markaziy Osiyoga tashrifi davomidagi tig‘iz grafik unga Turkmanistonga borishiga imkon bermaganidan afsusdaligini aytib o‘tdi», — deyilgan xabarda.
Shu bilan birga Putin Berdimuhamedovning taklifini qabul qilib, yaqin kelajakda albatta bu respublikaga tashrif amalga oshirishini ishonch bilan ta'kidlagan.
Bundan oldinroq Putin Emomali Rahmonni qulay vaqtda Rossiyaga borish uchun taklif qilgani haqida xabar berilgandi.
Putin Markaziy Osiyoga safari davomida Qozog‘iston va Tojikistonda bo‘ldi, bugun u Bishkekka borib, Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev bilan uchrashadi.
Mavzuga oid
13:31 / 28.05.2025
Markaziy Osiyo ekspertlari mintaqaning 2050 yilgacha bo‘lgan rivojlanish ssenariylari ustida ishlamoqda
16:42 / 24.05.2025
O‘zbekistonda "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi
15:03 / 01.05.2025
Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan «Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz davlatlari» sammiti qoldirildi
21:41 / 25.04.2025