Sport | 07:48 / 28.02.2017
7914
1 daqiqa o‘qiladi
Raneriga takliflar bisyor, biroq Ranerining o‘z sharti bor
«Lester» sobiq bosh murabbiyi Klaudio Raneri faoliyatini Tumanli Albionda davom ettirmoqchi. Bu haqda italiyalik mutaxassisning agenti Stiv Katner talkSPORT nashriga bergan intervyusida ma'lum qildi.
«Raneriga Italiya va Xitoydan aniq takliflar bo‘ldi, ammo Klaudio kelgusida ham Angliyada ishlashni istab bu takliflarga rad javobini berdi. U bu yerda taklif olgan zahoti yana ishga kirishadi», degan Katner.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Raneri «Lester» bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarilgandi. Shundan so‘ng murabbiy jamoa bilan o‘ta ta'sirli bayonot orqali xayrlashgandi. Xabarlarga ko‘ra, italiyalik mutaxassisning «Lester»dan ketishini 4 nafar asosiy futbolchilar uzluksiz ravishda talab qilgach, rahbariyat shunday qarorga kelgan.