Sport | 19:32 / 28.02.2017
10350
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik sportchilar AQShning nufuzli Arnold Sports Festival musobaqasida ishtirok etadi

2-5 mart kunlari o‘zbekistonlik sporchilar har yil AQShning Ohayo shtatida bo‘lib o‘tadigan mashhur Arnold Sports Festival sport musobaqasida ishtirok etadi. Bu haqda Lola Karimova-Tillayeva Facebook'dagi o‘z sahifasida xabar berdi.

Arnold Sports Festival AQShning eng nufuzli sport festivallaridan biri sanalib, shaxsan Arnold Shvartseneggerning o‘zi bu musobaqani bevosita qo‘llab-quvvatlab keladi. 

Mazkur bellashuv dunyo atletlari orasida katta obro‘ga ega. Arnold Sports festivalida minglab kuchli polvonlar ishtirok etib, turli xil sport yo‘nalishlari, asosan, kuch ekstrimi va bodibildingda bahslashishadi.

“Sportchilarimiz ilk marotaba ushbu musobaqalarda 2015 yilda masrestling bo‘yicha ishtirok etishgan. 2016 yilda esa o‘zbekistonlik polvonlar Arnold Strongman musobaqalarida qatnashib, yarim final saralash bosqichiga chiqishga muvaffaq bo‘lishgan", deydi Lola Karimova-Tillayeva. 
Mazkur sport musobaqasida sportchilarimiz Sergey Trubitsin, Xamza Primov va Shuhrat Alixonovlar kuch ekstrimi, Olesya Gureyeva esa masrestling bo‘yicha ishtirok etishadi. 

Foto: Facebook.com/@lola.karimova.tillyaeva 
Феруза Авазова
Tayyorlagan Феруза Авазова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid