Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyada rulda gaplashganlar uchun jazo kuchaytiriladi
Buyuk Britaniyada avtomobil boshqaruvi chog‘ida mobil telefondan foydalanganlik uchun 200 funt-sterling (248 AQSh dollari) jarima solinadi. Ayrim hollarda haydovchilik guvohnomasidan mahrum etishga asos bo‘lishi ham mumkin. 2017 yil 1 martdan Birlashgan Qirollikda Yo‘l harakati qoidalarining yangi tahriri kuchga kiradi. Unga ko‘ra, mashina boshqarayotgan vaqtda telefon orqali muloqot qilish yoki matnli xabarlarni yuborish uchun yangi jazo choralari belgilandi.
"Har bir kishi oila a'zolari va do‘stlarining mashina boshqarish vaqtida telefondan foydalanishiga chek qo‘yishlari uchun o‘z hissasini qo‘shishi kerak. Bu mast holda mashina boshqarish kabidir", - degan Britaniya transport vaziri Kris Greyling.
Haydovchilik guvohnomasi olganiga 2 yilgacha bo‘lganlar telefonda gaplashganlari uchun guvohnomalaridan mahrum bo‘lishlari mumkin. Qolgan qoidabuzarlar uchun 12 jarima balidan 6tasi olinadi, ikkinchi marta shunday holat qayd etilsa, uch yilga avtomobil boshqarish taqiqlanadi. Shu bilan birga, ikkala holatda ham guvohnomalarning olib qo‘yilishi Haydovchilar va transport vositalarini litsenziyalash agentligida qayta imtihon topshirishni anglatadi.
Press Association agentligiga ko‘ra, yaqin orada Britaniya politsiyasi ushbu qonunga bo‘ysunmayotganlarni aniqlash maqsadida patrullikni kuchaytiradi. Bundan tashqari, hukumat maxsus ishonch telefonini joriy qildi. Unga qo‘ng‘iroq qilib, anonim tarzda qoidabuzarni ma'lum qilish mumkin.
Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi
09:04 / 21.05.2025