Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Obamaning yana bir qonunini bekor qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp sobiq prezident Barak Obamaning "Toza suv to‘g‘risida"gi qonunini bekor qilish farmoniga imzo chekdi. Mazkur qonun nafaqat respublikachilar, balki Amerika qishloq xo‘jaligi vakillari tomonidan bir necha yillar davomida keskin tanqid qilinadi. Trampning ushbu qarori haqida Oq uy xabar qilmoqda.
"Biz mamlakatimizni ozod qilishni xohlaymiz va bu juda ekologik yo‘l bilan hal etiladi", — deya ishontirgan Tramp farmonni imzolash chog‘ida. Uning qayd etishicha, farmon millionlab ish o‘rinlarini barpo etishga yordam beradi.
Obama qonuni mamlakatdagi barcha suv zaxiralari, hatto daryolarning qurib qolgan irmoqlari, botqoqlik kabi hududlarni ham AQSh atrof-muhit agentligi nazoratiga topshirishni ko‘zda tutar edi.
Amerika matbuoti Obama qonunining bekor qilinishini, Trampning avvalgi ma'muriyat ekologik tashbbuslariga qarshi yurishining debochasi deb baholamoqda.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025