Fan-texnika | 09:16 / 01.03.2017
5611
2 daqiqa o‘qiladi

YouTube’da telekanallar efirini tomosha qilish imkoni paydo bo‘ladi

YouTube videoxostinggi yaqin orada telekanallar efirini tomosha qilish funksiyasiga ega bo‘ladi. Bu haqda servis bosh direktori Syuzan Vojitski seshanba kuni ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, YouTube foydalanuvchilari real vaqt rejimida Amerikaning to‘rtta yirik teletarmog‘i (ABC, CBS, NBC va Fox), shuningdek yana 30ta kabel telekanallar efirini tomosha qilishlari mumkin.

Xizmat bir oyda oltita sahifa uchun 35 dollarlik obuna orqali ko‘rsatiladi. Shu tariqa, bir oilaning bir necha vakillari servisdan, o‘z shaxsiy sahifalari orqali kirib, foydalanishlari mumkin, deya aniqlik kiritishdi YouTube’da.

Vojitskining so‘zlariga ko‘ra, YouTube o‘z auditoriyasini kengaytirmoqchi hamda foydalanuvchilarga yangi imkoniyatlar taklif etadi. "Zamonaviy yoshlarga sifatli televizion mahsulot yoqishi aniq, biroq biz ular TVni an'anaviy usulda ko‘rishni istamasliklarini tushunib yetdik", - deya ta'kidlab o‘tdi u.

Yangi servis AQShda yaqin bir necha oylar ichida ishga tushiriladi. Ayni damda videoxosting YouTube Red nomli servisni ham taklif etmoqda, u foydalanuvchilarga YouTube uchun maxsus ishlab chiqilgan mahsulotlardan ma'lum haq evaziga foydalanish imkonini beradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid