Fan-texnika | 15:26 / 02.03.2017
6046
2 daqiqa o‘qiladi

Beeline o‘z faoliyatida “yashil” texnologiyalardan foydalanishni joriy etadi

Eng yirik aloqa operatori Beeline milliy matbuot-anjumani doirasida 2016 yildagi faoliyati natijalarini sarhisob qildi. Unitel‘ning tijorat direktori Maksim Yefremov o‘z taqdimotida kompaniyaning kelgusidagi rejalari haqida to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda Beeline Axborot xizmati Kun.uz’ga xabar bermoqda.

Yil yakunlarini sharhlar ekan, Maksim Yefremov quyidagilarni belgiladi: “Beeline abonentlarining muloqoti jadal o‘sib bormoqda: endilikda o‘rtacha, ularning har biri o‘tgan yilga nisbatan oyiga bir soat ko‘proq muloqot qilmoqdalar. O‘sib borayotgan raqobatlik sharoitida biz mijozlar bazasini avvaldagi darajada saqlab qolganimiz va bir kishi uchun data-xizmatlardan foydalanish 195 Megabaytdan 316 Megabaytgacha oshganligini ahamiyatga olgan holda, Beeline tarmog‘iga bo‘gan talab bir necha barobarga oshgan. Men g‘urur bilan shuni ta'kidlab o‘tishim joiz, bizning texnik va texnologik imkoniyatlarimiz butunlay vaqt talabiga javob beradi – bu esa avvalam bor 500 milliard so‘mdan oshgan rivojlanish yo‘lidagi sarmoyalarimiz tufaylidir”. 

“2017 yilda Beeline avvaldagi kabi jiddiy kapital mablag‘lar sarmoyasiga e'tiborini qaratadi. Biz LTE standartini mamlakatning eng yirik shaharlarida rivojlantirishni, shuningdek “yashil” texnologiyalarni - barchaga tanish bo‘lgan baza stansiyalarini to‘htovsiz ravishda elektr quvvati bilan ta'minlaydigan quyosh batareyalarini joriy etishni rejalashtirganmiz”, – deydi Unitel‘ning texnik direktori Yevgeniy Klyuchev.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid