Jamiyat | 23:28 / 02.03.2017
7227
2 daqiqa o‘qiladi

Fillarning gavdaga yarasha uxlamasligi aniqlandi

Biologlarning ma'lum qilishicha, fillarning to‘yib uxlashi uchun atigi ikki soat yetarli ekan. Bu olimlar tomonidan GPS-maykalar va giroskopli bo‘yinbog‘lar bilan ta'minlangan ikki katta yoshli filni 5 hafta davomida kuzatish natijasida aniqlandi. Tadqiqot bo‘yicha xulosalar PLOS One jurnalida nashr qilindi

Hayvonot bog‘larida fillar 4-6 soatdan uxlashadi. Tabiiy sharoitlarda esa atigi ikki soatlik uyqu (ko‘pincha tunda) yetar ekan. Olimlar kuzatgan fillar katta masofalarni bosib o‘tib ham bir necha kunlab tetik yura olgan. Fillarning gavdasini inobatga olgan holda ularni hammadan kam uxlovchi jonivorlar deya e'tirof etish mumkin. Odatda jonivor qancha yirik bo‘lsa, shuncha ko‘p uxlaydi. 

Bundan tashqari, uyqudagi fillar faqatgina tezkor uyqu fazasida bo‘lishgan. Qisqa muddatli xotiralarning uzoq muddatli bosqichga o‘tishi uyqu vaqtida ro‘y berishini inobatga oladigan bo‘lsak, kashfiyot xotirani mustahkamlash tizimiga oid yangi savollarni tug‘diradi, zero fillar o‘zining o‘tkir xotirasi bilan mashhur. Olimlar hozircha qanday qilib fillarga atigi ikki soatlik uyqu yetishini izohlay olishmadi. Ular kelgusida bu yo‘nalishdagi tadqiqotlarni davom ettirishni rejalashtirishmoqda. 

Mavzuga oid