Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shaxtadagi fojia. Lvovdagi konda portlash, Ukrainada milliy motam
Ukrainaning Lvov viloyati hududidagi «Stepnaya» shaxtasida portlash yuz berib, kamida 11 konchi halok bo‘ldi. Bu haqda UNN xabar tarqatgan.
«Stepnaya» shaxtasida avariyali holat. Metan portlagan, qurbonlar soni 11 nafar», — degan Ukraina erkin kasaba-uyushmalari konfederatsiyasi rahbari Aleksandr Volinets.
Ayni vaqtda kon ichida 172 konchi bor, shulardan 34 nafari avariya ro‘y bergan hududda.
Portlash oqibatida jarohatlangan 6 kishi yuqoriga chiqarib olingan.
20 kishining taqdiri noma'lumligicha qolmoqda.
Ukraina prezidenti Petro Poroshenko hukumatga mamlakatdagi ko‘mir qazib chiqaruvchi barcha korxonalarda tekshirish ishlarini o‘tkazishni buyurdi va Lvov viloyatidagi shaxtada yuz bergan portlash tufayli motam e'lon qildi.
"Ukraina prezidenti Lvov viloyatidagi portlash tufayli mamlakatda milliy motam kunini e'lon qildi. Tegishli farmon bugunning o‘zida imzolangan. Prezident, shuningdek, mamlakat Vazirlar mahkamasiga Ukrainadagi ko‘mir qazib chiqaruvchi barcha korxonalarda tekshiruv o‘tkazishni buyurgan", — deb yozgan Poroshenkoning matbuot kotibi Tsegolko o‘zining feysbukdagi sahifasida.
Mavzuga oid
23:11 / 17.02.2025
Qozog‘istondagi konda yetti kishi ko‘chki ostida qoldi
15:19 / 16.02.2025
Malida noqonuniy oltin shaxtasi qulashi tufayli 48 kishi halok bo‘ldi
23:10 / 07.12.2024
JARda avariya yuz bergan tashlandiq shaxtadan 153 kishi olib chiqildi. Ularning aksariyati noqonuniy migrantlar
15:19 / 02.07.2023