Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada yuz bergan zilzilada 5 kishi jabrlandi
2 mart kuni Turkiyaning janubida joylashgan Adiyoman viloyatidagi Samsat shahrida yuz bergan 5,5 magnitudali zilzila oqibatida kamida 5 kishi yengil jarohatlar oldi. Bu haqda mahalliy hokimiyatga iqtibos keltirgan holda NTV telekanali xabar berdi.
Avvalroq Turkiyaning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha agentligi soat 14:07 da (Toshkent vaqti bilan soat 16:07) markazi Samsat shahri yaqinida bo‘lgan zilzila haqida bergan. Shundan keyin 4,4 magnitudali yana 3 ta zilzila yuz bergan. Zilzilcha o‘chog‘i 11,3 km chuqurlikda bo‘lgan.
Biroq Yevropa-O‘rta yer dengizi seysmologiya markazining ma'lum qilishicha, zilzila kuchi 5,8 magnitudani tashkil qilgan va o‘chog‘i 2 km chuqurlikda bo‘lgan.
Ma'lum qilinishicha, shuningdek bir necha kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Samsat va yaqin atrofdagi qishloqlarda ko‘plab uylarga shikast yetgan.
Turkiya seysmik faol zonada joylashgan va bu yerda yuz beruvchi zilzilalar ba'zida qurbonlarga olib keladi. Turkiyada eng kuchli zilzilalardan biri 1999 yilda Marmar dengizi hududida qayd qilingan. O‘shanda zilzila kuchi 7,4 magnitudani tashkil qilganva uning oqibatida 18 mingga yaqin kishi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025