O‘zbek vektori Qozog‘iston tashqi siyosatida o‘z ustuvorligini saqlab qolmoqda
Bugungi kunda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi muloqot ikki mamlakat manfaatlariga ham mos keladi. Bunday leytmotiv ikki mamlakat yetakchilari va hukumatlari o‘rtasidagi turli munosabatlarni shakllantirdi.
O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2016 yilning 23 dekabrida Qozog‘iston TIV rahbari Ye.Idrisov (u 28 dekabr kuni boshqa lavozimga, Qozog‘istonning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiyadagi elchisi lavozimiga o‘tkazilgan - tahr.) bilan ikki mamlakat xavfsizligi hamda izchil taraqqiyoti haqida suhbatlashgandi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy, investitsiya va transport-kommunikatsiya sohalaridagi g‘oyalari bilan bo‘lishishdi. Ular O‘zbekiston va Qozog‘istonning mintaqadagi ko‘zga ko‘ringan hamkorlar ekanini tan olgan holda, o‘z munosabatlarini yanada kengaytirishga doim tayyor ekanliklarini bildirishdi. Ular o‘z munosabatlarini rivojlantirish uchun ikki tomon hukumatlari va iqtisodiy sub'yektlari tomonidan anchadan beri rejalashtirilgan ishlarni amalga oshirishga kelishib olishdi.
Fevral oyi o‘zbek-qozoq hamkorligini kengaytirish oyligi bo‘ldi desak yanglishmaymiz.
Bundan tashqari, 15 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti N.Nazarboyev bilan telefonda suhbatlashdi. 14 dekabrda o‘zbek-qozoq hamkorligining huquqiy bazasiga doir konferensiya bo‘lib o‘tdi. 13 dekabrda Qozog‘iston elchixonasida “Jahon iqtisodiy tendensiya davrida Qozog‘iston va O‘zbekiston hamkorligining yangi imkoniyatlari” mavzusidagi anjumani o‘tkazildi. 9 dekabrda ikki mamlakat ishchi guruhlari o‘rtasida O‘zbekiston va Qozog‘iston irrigatsiya tizimini kengaytirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ikki mamlakat yetakchilari siyosiy tizim, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi o‘zbek-qozoq munosabatlarini kengaytirishga doir g‘oyalari bilan bo‘lishishdi.
Mamlakatlar yetakchilari o‘zaro munosabatlardagi konfidetsial va ochiq muloqotni davom ettirish borasidagi qat'iy istaklarini bildirishdi. Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Erik O‘tamboyev shunday deydi: “O‘zbek vektori Qozog‘iston tashqi siyosatida o‘z ustuvorligini saqlab kelmoqda”. Markaziy Osiyoda ko‘p sohalarda barqaror rivojlanish O‘zbekiston bilan aloqalarga bog‘liq.
Ikki mamlakat yetakchisi xalqaro va mintaqaviy siyosatdagi muammolarni muhokama qilishdi. Shu o‘rinda O‘zbekiston va Qozog‘iston ming yillardan buyon til, madaniyat, din va boshqa jihatilardan bir-biriga bog‘liq xalqlar ekanini yodda tutish lozim. Bizning maqsadimiz bir: xalqlarimizning turmushini yaxshilash. Shu bois ham ikki mamlakat yetakchilari barcha sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishgan.
Bugungi kunda Qozog‘istonning taraqqiyot yo‘li O‘zbekiston hududi bilan ham bog‘liq. Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda millionga yaqin qozoq millati vakillari yashaydi, ularning aksariyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Navoiy, Jizzax, Sirdaryo, Buxoro va Xorazm viloyatlariga to‘g‘ri keladi. Ularni madaniy-ma'naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida mintaqalarda 30 milliy markaz xizmat ko‘rsatgan.
O‘zbekistonning ba'zi hududlarida qozoq tilida ta'lim berish yo‘lga qo‘yilgan. Toshkent davlat pedagogika universitetida “M.Avezov xonasi” mavjud.
Shubhasiz, bunday munosabatlar bu ikki mamlakatning rivoji uchun xizmat qiladi. Albatta, biz geografik jihatdan bekorga qardosh xalq emasmiz, bizning tarixlarimiz ham o‘xshash. Bundan keyin ham shunday bo‘ladi, chunki bu o‘zbek-qozoq xalqlarining manfaati yo‘lida xizmat qiladi.
Mavzuga oid
20:59 / 18.11.2024
Qozog‘istonda Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi ko‘prik yuk avtomobillari uchun yopildi
15:13 / 18.11.2024
O‘zbekiston va Qozog‘iston ta’limda qo‘shma dasturlarni amalga oshirishni muhokama qilyapti
15:25 / 14.11.2024
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan mingdan ortiq o‘lik tyulenlar topildi
21:23 / 13.11.2024