Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angrenda o‘qotar avtoruchka sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari Toshkent viloyati Angren tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda kichik hajmli to‘pponcha sotishga uringan shaxsni qo‘lga olishdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston xabar tarqatdi.
Xabarda aytilishicha, angrenlik 46 yoshli Baxtiyor Yo‘ldoshev avtoruchka ko‘rinishidagi to‘pponcha va uning 5,6 mm kalibrli to‘qqizta o‘qini sotishga uringan. U bu qurolni uzoq vaqt davomida uyida noqonuniy saqlab kelgan.
"So‘roq jarayonida Yo‘ldoshev ushbu qurolni bir paytlar SSSR qurolli kuchlari tarkibida Afg‘onistonda xizmat qilgan Angrenda yashagan notanish rus kishisidan olganini ma'lum qildi. Ballistik ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu avtoruchka-to‘pponcha o‘qotar qurol hisoblanadi hamda foydalanishga yaroqli holatda", — degan MXX xodimi.
Angren tumani IIB Baxtiyor Yo‘ldoshevga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 248-moddasi (Qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Angren shahar sudi hukmiga ko‘ra B.Yo‘ldoshev 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
23:34 / 22.05.2025
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘rilik sodir etdi
20:19 / 14.05.2025
Angrenda ko‘prikning bir qismi qulab tushdi
23:20 / 11.03.2025
Angren shahrida yuk mashinasi yonib ketdi
20:12 / 05.03.2025