Fan-texnika | 16:26 / 03.03.2017
5706
1 daqiqa o‘qiladi

Apple yangi gadjyetini patentladi

Apple qadimiy yo‘rgakni yodga soluvchi qurilmaga patent oldi. Amerika patent idorasi saytida shu haqida ma'lum qilindi. 

Qurilma moslashuvchan OLED-ekran bilan ta'minlanadi. U rulonlarga o‘raladi va ikki chetidagi rolik-ushlagich ichiga joylanadi. 

Korpusning bu qismlari, patent arizasida ko‘rsatilishicha, alyuminiy bo‘laklari, shuningdek shisha, kompozit, plastik, sopol yoki boshqa to‘g‘ri keluvchi materialdan tayyorlangan bo‘lishi mumkin.

Qurilma shuningdek protsessor, xotira, datchiklar, akkumulyatorlar va boshqalar bilan ta'minlangan. Bundan tashqari unga ulkan stereoskopik tasvir olishga imkon beruvchi ikki kamera o‘rnatilishi mumkin. 

Roliklar magnitlar yordamida buklanadi. Shuningdek buklanganidan so‘ng ekran teskari holatda bo‘lmasligi uchun zarur mexanizm ta'rifi ham keltirilgan. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid