Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ajoyib manzara: Britaniyaliklar shimoliy qutb yog‘dusining surat va videolari bilan bo‘lishishdi
Angliya va Shotlandiya shimoli aholisi chorshanba kuni kechqurun qutb yog‘dusini ko‘rish baxtiga ega bo‘lishdi. Mahalliy aholi bu g‘ayrioddiy tabiiy manzarani surat va videolarga muhrladi. Ijtimoiy tarmoqlarda qutb yog‘dusining suratlari va videolari joylashtirildi.
Roliklardan biri Nortamberlend grafligidagi Almout qishlog‘ida olingan.
Aurora Borealis yoki qutb yog‘dusi atmosferaning ustki qatlamlarida magnit zaryadli zarrachalar va quyosh shamolining o‘zaro ta'siri natijasida paydo bo‘ladi. Ularni ko‘pincha Skandinaviyada, ayniqsa Norvegiyada ko‘rish mumkin. Shunday bo‘lsa-da, ular ba'zan nisbatan janubdagi hududlarga ham "yetib boradi".
Fevral oyida Reding universiteti professori Maykl Ouens BBC'ga bergan intervyusida tez orada quyoshning siklik faoliyati 300 yil ichidagi minimal ko‘rsatkichlarni qayd etish ehtimoli bildirgan. Bu kelgusida Buyuk Britaniyada qutb yog‘dusi kamroq ko‘rinishidan dalolat beradi.
Mavzuga oid
14:52 / 21.04.2025
Okean ustidan g‘alaba
10:53 / 30.03.2025
Olimlar hech qanday tirik jonzotga o‘xshamaydigan organizmni topishdi
15:39 / 11.03.2025
Iste’fodagi politsiya iti o‘rmonda yo‘qolgan qariyaning hayotini saqlab qoldi
15:15 / 19.02.2025