Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda qad rostlagan Londonning ramzlaridan biri aslidan "o‘tib ketdi"
Xitoyda qurilgan, Londonning ramzlaridan biri bo‘lgan – Tauer ko‘prigining nusxasi bu mamlakatda qad rostlagan jahonning diqqatga sazovor joylarining ko‘plab nusxalaridan biridir.
Suchjoudagi daryo ustidan o‘tuvchi bu ko‘prik 2012 yilda qurilgan, biroq 5 yilgina o‘tib g‘arb OAV e'tiborini tortdi. Bunga esa ko‘prik suratlarining internetda jadal tarqalishi sabab bo‘ldi.
Bu ko‘prikning Londondagi mashhur ko‘prikdan asosiy farqi unda 2 ta minora o‘rniga, 4 ta minora mavjud. Ko‘prikning shu jihati sababli Xitoyning ko‘pchilik nashrlari uni "aslidan o‘tib ketgan" deb atashmoqda.
Biroq, bu ko‘prikka qarshi fikr bildirayotganlar ham topildi. Ulardan ba'zilarining aytishicha, bu plagiatdir, boshqalarining fikricha esa o‘z mamlakati va mintaqasining madaniyatiga hurmatsizlik belgisidir.




Tauer ko‘prigi xitoylik arxitektorlar tomonidan nusxa ko‘chirilgan jahonga dong‘i ketgan yagona diqqatga sazovor joymasdir. Xitoyda bir nechta "Eyfel minoralari" va "Misr sfinkslari" mavjud. 2016 yil dekabrdan Sichuan viloyatida "Titanik" kemasining nusxasi qurila boshlangan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025