Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messi va Argentina terma jamoasi JCh-2018’da ishtirok eta olmasligi mumkin
Argentina terma jamoasi FIFA talablariga zid ravishda ish qilayotgani bois, xalqaro musobaqalardan chetlatilishi mumkin. Bu haqda Goal.com internet-nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, Argentina futbol federatsiyasi tashkilot prezidentligiga nomzodning vakolat darajasini KONMeBOL (Janubiy Amerika futbol ittifoqi) emas, rasmiy Buenos-Ayres huquqshunoslari belgilashi ko‘rsatilgan yangi nizom ishlab chiqqan.
Bu FIFA, jumladan Qit'a futboli Ittifoqi qoidalariga ham zid sanaladi. Ya'ni futbol federatsiyalari rahbarlarining vakolat doirasi hukumat yoki mamlakat ma'muriyati tomonidan belgilanishi mumkin emas. Shu sabab ikki tashkilot ham AFAga eski formatga qaytishini so‘rab xat yozgan. Agar AFA zudlik bilan buni bajarmasa FIFA Argentinani tashkilot a'zoligidan chiqarib tashlashidan ogohlantirgan.
Agar shunday bo‘lgan taqdirda, Argentina terma jamoasi FIFA bayrog‘i ostida o‘tkaziladigan barcha turnirlardan, jumladan jahon chempionati musobaqasidan ham chetlashtiriladi.
Eslatib o‘tamiz, hozirda Argentina terma jamoasi JCh-2018 KONMeBOL mintaqasi saralash guruhda 5-o‘rinni egallab turibdi. JChga mintaqadan 4ta terma jamoa to‘g‘ri-to‘g‘ri yo‘llanma oladi. Beshinchi jamoa boshqa mintaqa vakili bilan o‘tish uchrashuvida qatnashishi lozim bo‘ladi.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
14:57 / 19.05.2025
Argentinada suv toshqini tufayli 7500 dan ortiq kishi evakuatsiya qilindi
17:56 / 12.05.2025
Argentina sobiq Adliya vazirligi binosidan natsistlarga tegishli hujjatlar arxivi topildi
20:13 / 02.05.2025