Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fan-texnika | 00:23 / 03.03.2017
10797
1 daqiqa o‘qiladi
NASA "Marsdagi quyun"ni namoyish qildi
AQSh milliy aerokoinot agentligi NASA Mars sirti uzra o‘tgan chang quyuni suratini chop etdi, deb xabar bermoqda Daily Star nashri.
Suratlar Curiosity marsoxodi tomonidan Geyl krateri yaqinida tasvirga olingan.
Curiosity avtomatlashgan platformasi Qizil sayyora sirtiga 2012 yilda qo‘ngan. NASAning ta'kidlashicha, marsoxod missiyasi aniq vaqt chegarasiga ega emas. Agentlik undan ishdan chiqqunicha foydalanmoqchi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish