Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Xitoy RQM tizimlarining Koreyada joylashtirilishiga qarshi sayyohlarga cheklovlar qo‘lladi
Xitoy hukumati Koreya Respublikasida Amerikaning THAAD raketalarga qarshi mudofaa tizimlari joylashtirilishiga qarshi javob choralarini qo‘llay boshladi. Yonxap agentligining Koreya turistik tashkilotidagi manbasiga ko‘ra, Pekin ma'muriyati Janubiy Koreyaga bormoqchi bo‘lgan sayyohlarga cheklovlar joriy qilmoqda.
"2 mart kuni Xitoyning yirik sayyohlik firmalari Janubiy Koreyaga sayohatlarni sotishga barham berish bo‘yicha mamlakat hukumatidan ko‘rsatma olgan", - deb qayd etadi agentlik. Ma'lumotlarga ko‘ra, "bu taqiq Koreya turizm sohasiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin".
Xitoyliklarning 40 foizga yaqini firmalar orqali sayohat to‘plamlarini xarid qiladi. 60 foiz yakka tartibdagi sayyohlarning deyarli yarmi aviachiptalar xarid qilish kabi masalalarda turfirmalarga murojaat qiladi. Yangi choralar Janubiy Koreyaga keluvchi sayyohlar sonini 2 martaga qisqartirishi mumkin.
KTT ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan 2016 yilda Janubiy Koreyaga 8,06 mln xitoylik tashrif buyurgan, ularning har biri o‘rtacha 2,4 ming AQSh dollari sarflagan. Agar xitoylik sayyohlar soni 2 baravar kamaysa, Koreya 9,63 mlrd dollardan mahrum bo‘lishi ehtimol.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025