Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy liga, 1-tur. Amaldagi chempionlar g‘alaba bilan boshladi, Bekobodda kichik sensatsiya
Bugun, 3 mart kuni O‘zbekiston chempionatining 26-mavsumiga start berildi.
1-turni amaldagi chempioni, Toshkentning «Lokomotiv» jamoasi safarda o‘tkazdi va minimal hisobdagi g‘alabaga erishdi. Marat Bikmayevning goli «temiryo‘lchilar» jamoasiga Muborakning «Mash'al» jamoasi ustidan g‘alaba keltirdi.
Mavsumda yana Oliy ligaga qaytgan Samarqandning «Dinamo» jamoasi esa Bekobodda «Metallurg» mehmoni bo‘ldi va kutilmaganda 2:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi.
Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi. O‘yinning 55-daqiqasida bekobodliklar futbolchisi Davron Karimqulov o‘z jamoasi darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Urashuv so‘ngida Abdumalik Abdullayev hisobni 0:2 ko‘rinishiga keltirdi. O‘yinda shu hisob saqlanib qoldi.
Oliy liga, 1-tur
«Mash'al» – «Lokomotiv» 0:1 (0:0)
Gol: Marat Bikmayev (65).

«Mash'al»: Ilyosov, Rahmonov, Ubaydullayev, Shaymanov, Shodmonov, Qo‘ziboyev, Begimqulov, Agaliyev, Qosimov, Olimov, To‘rayev (Murtazoyev, 80).
«Lokomotiv»: Ikromov, Yuldashev, Maxaradze, Qutiboyev, Bikmayev (Krizo, 80), Abdullayev (Fayziyev, 80), Mirzayev, Muhammadiyev, Zoteyev, Kone, Masharipov (Ro‘ziyev, 88)
Ogohlantirishlar: Olimov (35), Rahmonov (70), Bikmayev (70).
«Metallurg» - «Dinamo» 0:2
Gollar: 0:1 - 55 avtogol Karimqulov, 0:2 - 89 Abdullayev.

«Metallurg»: Sultonov, Hoshimov, Karimov, No‘'monov, Karimqulov, Abdullayev, Sulaymonov, Tursunov, Isoqjonov, Abdumo‘minov, Ismoilov.
«Dinamo»: Naumov, Lokayev, Isroilov, Bozorov, Azimov, Sulaymonov, Qahramonov, Xolmatov, Nizanov, Mamajonov, Isroilov.
Mavzuga oid
22:20 / 10.05.2025
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi
13:44 / 30.03.2025
«Paxtakor» Toshkentda «Dinamo»ga yutqazdi, OKMK yaqqol peshqadam
09:13 / 14.02.2025
Bekobodda tabiatga 100 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi
12:43 / 06.09.2024