Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp bosh prokurorga to‘liq ishonishini ma'lum qildi
Foto: AFP
AQSh prezidenti Donald Tramp bosh prokuror Jyeff Seshnsga butunlay ishonishini ma'lum qildi. U kongressdagi eshituvlarda rossiyalik elchi Sergey Kislyak bilan o‘z aloqalarini yashirgani uchun yirik mojaroga aralashib qoldi.
Tramp Virginiya shtatidagi harbiy bazaga tashrifi davomida Seshnsga “butunlay” ishonishini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reyter agentligi.
Bundan tashqari, prezidentning aytishicha, Seshns Rossiyaning 2016 yilgi AQShdagi saylovlarga ehtimoliy “aralashgani” yuzasidan surishtiruv ishida barcha narsani rad etishi kerak, deb hisoblamaydi.
Avvalroq Washington Post gazetasida Seshns 2016 yilda Rossiya elchisi bilan ikki bor suhbatlashgani haqida ma'lumot paydo bo‘lgandi. Seshns o‘sha paytda AQSh senatori bo‘lgan va Tramp saylovoldi kampaniyasini qo‘llab-quvvatlagan. Shu bilan birga, Seshns senatda uning nomzodini adliya vazirligi rahbari lavozimiga ko‘rib chiqish bo‘yicha yanvar oyidagi eshituvlarda bu suhbatlar haqida xabar qilmadi. Demokratlar esa shu asosda bosh prokuror iste'fosini talab qilmoqda. Seshnsning o‘zi rossiyalik vakillar bilan saylovlarni muhokama qilmaganini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025
Tramp AQSh oliygohlariga chet ellik barcha talabalar qabulini to‘xtatadi
21:38 / 27.05.2025