Londonning siz hali ko‘rmagan tasvirlari
London millionlab fotosuratlarda tasvirlangan. Uning ko‘pchilikka yaxshi tanish bo‘lgan joylari esa deyarli barcha rakursdan suratga olingandek tasavvur uyg‘otadi. Biroq fotosuratchi Jyeffri Milshteynning ishi hammasidan oshib tushdi: u Buyuk Britaniya poytaxtini havodan turib suratga olish maqsadida vertolyotda parvoz qildi.
Kabinaning ochiq eshigi orqali olingan fotosuratlar haqiqiy sensatsiyaga aylandi. Suratga olish jarayonidagi sharoitlar ham yengil bo‘lmadi: Milshteyn vaqt bo‘yicha cheklov va qorong‘i tushishidan tashqari, London havo harakati boshqarmasi tomonidan qo‘yilgan jiddiy to‘siqlarga ham duch keldi.
“Bizga “Bodring”ni suratga tushirish uchun bu tumanda ruxsat berilgan maksimal balandlikdan teparoqqa ko‘tarilish kerak edi. Biroq bizni tushunishdi va bir necha suratlarni qilishim uchun bir-ikki daqiqa berishdi”, - deya tan oldi Milshteyn.
Quyida uning juda noodatiy fotosuratlari bilan bo‘lishamiz.
Avliyo Pavel cherkovi
Vestminster abbatligi
Kovent-Garden
Trafalgar maydoni
Fencherch-ctrit va Walkie Talkie osmono‘par binosi
Charing-Kross vokzali
Angliya banki
Meri-Eks (“Bodring”) osmono‘par binosi
Bukingem saroyi
Smitfild bozori
Britaniya muzeyi
Benk-end-Monyument
Buyuk Britaniya g‘aznachiligi
Gildxoll
Qirollik birjasi
London markaziy okrug sudi
“London ko‘zi” charxpalagi
Somerset-xaus
Pikadilli maydoni
Mavzuga oid
14:42 / 11.11.2024
Amerikaning kruiz kompaniyasi Tramp siyosatidan qochishni istaganlar uchun dunyo bo‘ylab 4 yillik sayohat taklif qilmoqda
15:10 / 29.10.2024
London dezinformatsiya uchun RFning 3 agentligiga qarshi sanksiyalar kiritdi
23:10 / 24.10.2024
2024 yilda chet elga sayohatga borgan o‘zbekistonliklar soni ma’lum qilindi
11:50 / 23.10.2024