Prezidentning Turkmanistonga tashrifi arafasida Toshkentdagi ko‘chaga turkman shoiri nomi berildi
Toshkent shahridagi Amir Temur maydonini Ohangaron yo‘li bilan bog‘laydigan Taraqqiyot ko‘chasi endilikda turkman shoiri Maxtumquli nomi bilan ataladi. «Gazeta.uz» nashri Toshkent shahri hokimiyatiga asoslanib bergan xabarga ko‘ra, ko‘cha qaytadan nomlangan.
Ma'lum qilinishicha, xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi shaharda Maxtumquli nomini abadiylashtirish taklifini 1 mart kuni tasdiqlagandi.
Qayd etish kerakki, O‘zbekiston poytaxtining Mirobod va Yashnobod tumanlaridan o‘tgan ko‘cha nomi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amalga oshiradigan davlat tashrifi arafasida o‘zgartirildi. O‘zbekiston prezidenti 6-7 mart kunlari Turkmanistonda bo‘ladi.
Mavzuga oid
07:21 / 26.04.2024
Maxtumquli ko‘chasida Lacetti va Spark ishtirokida YTH yuz berdi
21:49 / 19.02.2024
Turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli tavalludining 300 yilligi keng nishonlanadi
07:18 / 10.10.2022
Maxtumquli ko‘chasida sodir bo‘lgan YTH oqibatida ikki kishi vafot etdi
13:13 / 21.09.2022