Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Suriya muxolifati Ostonada yana uchrashish istagini bildirganini ma'lum qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali suhbat o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Qozog‘iston prezidenti sayti.
Putin Nazarboyevga "Suriya muxolifati harbiy bo‘linmalarining Suriya ixtilofini tartibga solish bo‘yicha Ostonada navbatdagi uchrashuvni o‘tkazish istagini" ma'lum qilgan.
Muloqot vaqtida Putin va Nazarboyev ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb mavzularini muhokama qilishgan. Ular Putinning Turkmaniston va Qirg‘izistonga safari bilan bog‘liq holda mintaqaviy muhim masalalar bo‘yicha fikr almashishgan.