Jamiyat | 17:28 / 04.03.2017
26004
1 daqiqa o‘qiladi

«Shaytanat» qayta to‘ldirilgan holda nashrdan chiqdi

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik qalamiga mansub “Shaytanat” romanining to‘ldirilgan va qayta tahrir qilingan nashri chop etildi.

Yigirma besh yil muqaddam «Shaytanat»ning birinchi kitobi muxlislar e'tiboriga havola etilgan edi. Asarni qiziqish bilan kutib olingani bois o‘tgan yillar davomida kitob bir necha marta qayta nashr etildi, unda bayon etilgan voqealar asosida yaratilgan yigirma qismli badiiy film ham tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi. Muxlislarning fikrlari, takliflari va mulohazalarini inobatga olib, yozuvchi romanni qayta tahrir qildi, ayrim o‘zgarishlar, qo‘shimchalar kiritdi. Noo‘rin joylarni qisqartirdi. Shunga ko‘ra «Shaytanat» romanining birinchi, ikkinchi va uchinchi kitoblari bir jildga, to‘rtinchi va beshinchi kitoblari esa ikkinchi jildga jamlandi.

Mavzuga oid