Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyning 2017 yilgi yalpi ichki mahsuloti o‘sishi eng past ko‘rsatkichda bo‘ladi
Xitoyning yalpi ichki mahsuloti o‘sishi sur'atlari 2017 yilda 6,5 foiz yoki undan ko‘proqqa yetadi, bu esa oxirgi vaqtda mamlakat uchun eng yomon ko‘rsatkich bo‘ladi, deb xabar bermoqda Xitoyning davlat statistika byurosi.
"YaIM taxminan 6,5 foizga o‘sadi, biroq biz amalda yaxshiroq natijaga erishishga harakat qilamiz", deb aytildi Xitoyning islohotlar va rivojlanish davlat qo‘mitasi ma'ruzasida.
Avvalroq Xitoyning YaIM o‘sish sur'atlari 2016 yilda 6,7 foizni tashkil qilgani ma'lum qilingandi. 2015 yilda esa bu ko‘rsatkich 6,9 foiz darajasida bo‘lgan.
Shu bilan birga 2017 yilda Xitoy davlat byudjyeti defitsiti YaIMning 3 foizini tashkil qiladi.
Pul hisobida bu 2,38 trln yuanni (346 mlrd dollarni) tashkil qiladi. Bu esa 2016 yilgi shu ko‘rsatkichdan 200 mlrd yuanga ko‘proqdir.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025