Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada qulagan samolyot uchuvchisi hodisa tafsilotlarini ma'lum qildi
Suriya Harbiy havo kuchlarining 4 mart kuni kechqurun Turkiyada qulab tushgan samolyoti urib tushirilgandi. Bu haqda omon qolgan uchuvchiga asoslanib, Aksam gazetasi xabar yozdi.
Uchuvchining ko‘rsatmasiga ko‘ra, u Suriyaning Lataqiya bazasi hududidan parvoz qilgan va Idlibdagi jangarilarning obektlariga zarba berish uchun yo‘l olgan. Ammo u vazifani bajarish vaqtida jangarilar tomonidan urib tushirilgan. Shu bilan birgalikda samolyotni qaysi guruh urib tushirgani noma'lum bo‘lib qolmoqda.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, samolyot qulayotganda katapulta qilinib, Turkiya hududida, Xatay viloyatining janubiy qismiga tushgan uchuvchi bir necha joyidan jarohatlangan. Uning ba'zi suyaklari singan va yuzi yirtilgan.
Bundan oldinroq, Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Nuriddin Janikli hodisa tafsilotlari ma'lum bo‘lmaguncha, uchuvchi Suriya hukumatiga qaytarilmasligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
09:51 / 26.02.2025
Mashhur uchuvchi hayotida sodir bo‘lgan ayanchli hodisa - jinoyatchilar uning o‘g‘lini nega o‘ldirgandi?
20:39 / 03.02.2025
“Boshqaruvdan chiqqan samolyotni nazoratga olish o‘ta qiyin ish” – uchuvchi bilan suhbat
23:06 / 09.10.2024
Turkish Airlines uchuvchisi parvoz vaqtida vafot etdi
17:24 / 07.07.2024