Sport | 12:51 / 05.03.2017
23972
5 daqiqa o‘qiladi

Fotonigoh: «Uzbek Tigers»ning 2017 yildagi ilk g‘alabasi va guruhdagi holat

2017 yil 4 mart kuni Toshkentdagi «O‘zbekiston» sport majmuasida katta boks kechasiga start berildi.

Jahon boks seriyasi (WSB)ning VII mavsum C guruhi 3-turida O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi Rossiyaning Patriot Boxing Team bokschilariga qarshi bahs olib bordi.

Kechaning asosiy qismi boshlanishiga bir soat qolganida «O‘zbekiston» sport majmuasi tomoshabinlar bilan to‘lib ulgurdi.

Ha, bu o‘sha Bektemir Meliqo‘ziyev.  U birinchi prezident Islom Karimovga "men albatta olimpiada chempioni bo‘laman" deya va'da bergandi... Umid qilamizki,u Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadadan oltin medalsiz qaytmaydi.

O‘zbekistonning yangilangan Uzbek Tigers jamoasi chiqib kelmoqda.

Shu kuni sport majmuasida OAV vakillari ham kam emas edi.

Xuddi maktabdagi jismoniy tarbiya darsidagi "bo‘yma-bo‘y turish" ketma-ketligi.

Siz ham e'tibor berdingizmi? Bu "SSR" yozuvi aslida jangdan oldin supervayzer tomonidan qo‘yiladigan belgi.

Hamma kutgan bong chalindi.

Musobaqa reglamentiga ko‘ra, jamoalarning har bir a'zosi ringda 3 daqiqadan 5 raund o‘tkazishdi. Ringga birinchi bo‘lib 56 kg.gacha bo‘lgan vazn toifasidagi bokschilar ko‘tarilishdi. Uzbek Tigers jamoasi vakili Abdulhay Shorahmatov Rossiya vakili Dmitriy Sharafutdinovga qarshi jang olib bordi.

Hakamlarning yakuniy qaroriga ko‘ra, Abdulhay Shorahmatov g‘alaba qozondi3:0 (50:45, 50:45, 50:45)

Uzbek Tigers jamoasi jonkuyar murabbiyi Rahmatjon Ro‘zioxunov shu kuni shogirdlarining har bir jangida ovozi boricha butun vujudi bilan o‘zining to‘g‘ri ko‘rsatmalarini berib turdi.

Ringga ikkinchi bo‘lib 64 kg vazn toifasidagi bokschilar ko‘tarilishdi. Uzbek Tigers jamoasi vakili Elnur Abduraimov Radmir Abduraxmonovga qarshi jang olib bordi. 

Elnur Abduraimovning Ronaldu uslubida turishi.

Hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra, Elnur Abduraimov g‘alaba qozondi2:1 (48:47, 46:49, 49:46)

Bu vaqtga kelib «O‘zbekiston» sport majmuasida yurtimiz bayrog‘i muxlislar orasida ko‘rinish berdi.

Rasmiy homiy - "O‘zbekiston temir yo‘llari"

Tanishing, bo‘lg‘usi "olimpiada chempioni" Isroil Madrimov. U 75 kg vazn toifasida Patriot Boxing Team a'zosi Rajab Rajabovga qarshi jang olib bordi va kecha yulduziga aylandi. 

Hakamlar qaroriga ko‘ra, Isroil Madrimov katta ustunlik bilan g‘alaba qozondi3:0 (50:45, 50:45, 50:45)

Shu bilan, keyingi janglarning natijasi qanday bo‘lishidan qat'i nazar Uzbek Tigers g‘alabasi ta'minlandi.

Bu vaqtga kelib «O‘zbekiston» sport majmuasidagi bayroqlar soni ham ortib bordi.

Kechaning to‘rtinchi jangi 91 kg vazn toifasida Zuhriddin Mahkamov va Islom Tekeyev o‘rtasida kechdi. 

Hakamlar qaroriga ko‘ra yana O‘zbekiston vakili ustun: 3:0 (50:45, 49:46, 50:45).

Va nihoyat hamma kutgan so‘nggi jang ham boshlandi.

Hasanboy Do‘smatov 49 kg vazn toifasida rossiyalik raqibi Bator Sagaluyevga qarshi ringga ko‘tarildi. Shu joyida "reklama": Bokschilar Nike hamda...

Buka brendidagi sport liboslarida harakatlanishdi.

Tanaffus paytidagi holat, muhimi "ichki xotirjamlik"...

Hasanboy raqibi Bator Sagaluyev bilan.

Yakunda kutilganidek Hasanboy Do‘smatov Rio Olimpiadasidan keyin o‘tkazgan ilk rasmiy jangida ajoyib g‘alabani qo‘lga kiritdi3:0 (50:43, 50:45, 50:45).

Yakuniy hisob 5:0 – Uzbek Tigers foydasiga.

Toshkentda erishilgan ishonchli g‘alabaga qaramay, Uzbek Tigers 3 ochko bilan hozircha oxirgi – 4-o‘rinni egallab turibdi. Qozog‘istonning Astana Arlans jamoasi 9 ochko bilan yaqqol peshqadam, Patriot Boxing Team 4 ochko bilan 2-o‘rinda.

Xitoylik bokschilar o‘zaro janglarda Uzbek Tigers’dan ustun kelgani uchun O‘zbekiston jamoasidan yuqorida, 3-o‘rinda joylashgan.

Foto: WSB

Uzbek Tigers guruh bosqichi 4-tur bellashuvlarini 18 mart kuni Toshkentda China Dragons’ga qarshi o‘tkazadi. Astana Arlans Qozog‘istonda Patriot Boxing Team jamoasi vakillarini qabul qiladi.

Mavzuga oid