Andijon yashagan yuz yil: kecha va bugun (fotoreportaj)
Yaqinda poytaxt tomon poyezdda yo‘lga chiqib, yosh tarixchi yigit Iskandar bilan hamroh bo‘ldim. Andijondan Toshkentga qadar poyezdda olti soatda yetib borasiz. Bir kupeda ketgan kishilar esa, albatta, dildan suhbatlashib ketadilar. Bizda ham shunday bo‘ldi. Ayni paytda Andijon adabiyot va san'at muzeyida ilmiy xodim vazifasida ish olib borayotgan yo‘ldoshim 2500 yilga teng Andijon zamini tarixi haqida juda ko‘p narsalarni gapirib berdi. Uning qadimgi Dovon davlati, Qoradaryo bo‘yidagi Dalvarzintepa, Elaton yodgorliklari, Sohibqiron Amir Temurni Andijon hududida mo‘g‘ul bosqinchilari ustidan qozongan g‘alabasi haqidagi ma'lumotlarini maroq bilan tingladim. Men erinmay savol beraman, u yigit javob qaytaradi. Gurunglashgancha olti soat yo‘lni qanday o‘tganini ham bilmay qolibmiz.
Inson o‘zi yashab turgan makon tarixi haqida ko‘proq ma'lumotga ega bo‘lishni istashi tabiiy hol. Hammamiz ham: “Asrlar silsilasi, tamaddun mening zaminimda qanday kechgan ekan?”, degan savolga javob izlaymiz. Hamrohim gap orasida: “Menda Andijonni o‘tgan asr boshlaridagi fotosuratlari ham bor”, deb qoldi. Uning bu gapi kaminani rosa qiziqtirgani, aniq. Tug‘ilib o‘sgan yurtim haqidagi tarixiy kitoblarni harqalay o‘qiganim bor. Kitob mutolaasi davomida satrlarni o‘qib, tasavvur olamida suzasiz. Biroq suratning ham o‘z yo‘rig‘i bor. U kishiga o‘sha zamon ruhi, qiyofasini ham ko‘rsatib bera oladi. Manzilga yetgach hamrohim bilan yana bog‘lanish maqsadida bir-birimiz bilan telefon raqamlarimizni almashdik. Oradan bir hafta o‘tib, Iskandar Madg‘oziyevdan o‘sha tarixiy fotosuratlarni oldim. To‘g‘risi, uning arxividagi fotosuratlar men uchun zo‘r topilma bo‘ldi.
Jahon tamaddunida ulkan o‘rin egallagan “Buyuk ipak yo‘li” yo‘nalishidagi Andijon qadimgi davrdan, bundan deyarli 2,5 ming yildan beri tarix sahnasida o‘z o‘rniga, boy va ko‘rkam o‘tmishiga ega bo‘lgan, kelajagi porloq, buyuk va azim shahardir. Taqdim etayotgan ma'lumotlarim esa yaqin o‘tmishdan bir parcha xolos.
Quyida Andijon shahrining bundan bir asr avval qanday ko‘rinishda bo‘lgani va hozirda qanday qiyofa kasb etgani haqidagi fotoma'lumotlar bilan tanishing.
1. Andijon. Eski shahar ko‘chasi
2. Eski shahar hududidagi meva rastalari
3. Shahardagi kichik ko‘chalardan biri.
4. Bozor
5. Yalang‘och ko‘rg‘on ko‘chasi
6. Jome' masjidi
7. Yangi shahar hududidagi ko‘chalardan biri
8. Mingboshi masjidi atrofi
9. Masjid
10. Soyga qurilgan inshoot
11. Andijon uyezdiga qarashli Arslonbobdagi Chorvoq qishlog‘i
12. Yerli aholining bayramidan olingan lavha
13. Ayollar bazmi
14. Masjid atrofida
15. Masjid hovlisidagi minora
16. Pichan bozori
17. Masjid qurilishi
18. Paxtani qayta ishlash zavodi
19. Yangi shahardagi ko‘cha.
Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
11:09 / 08.11.2024
Andijonda kottejlar qurish uchun yer hujjatini rasmiylashtirib berish evaziga 230 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
14:41 / 06.11.2024
5 sotix yerni fuqaroga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan ekologiya bo‘limi bosh inspektori 20 ming dollar bilan ushlandi
16:17 / 02.11.2024
Andijonda ishchidan alimentdan qarzini ushlab qolmagan fermer jarimaga tortildi
11:52 / 02.11.2024