Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qutqarilgan bug‘u bir soniyadan so‘ng yana bir “qopqon”ga duch keldi
Reddit.com’da temir panjaralar orasida tiqilib qolgan bug‘u tasvirlangan video bir kun davomida 86,3 ming bora tomosha qilindi va bir necha ming izohga sabab bo‘ldi. AQShning Nyu-Jyersi shtatidagi Totova shaharchasida joylashgan qabriston darvozalari yaqinida jonivorlarni temir “tutqunlikdan” qutqarish uchun qutqaruvchilar va veterinarlar jamoasi yig‘ildi.
Kishilar qo‘rqib ketgan hayvonni qutqarib olishga harakat qilishdi. Bug‘uning yonboshlari qattiq jarohat oldi, u juda ko‘p qon yo‘qotdi. Biroq, hayvon kuchdan qolganiga qaramay, qutqaruvchilarni o‘ziga yaqinlashtirmadi. Shunda veterinarlar bug‘u boshiga mato tashlashdi hamda o‘t o‘chirish xizmati xodimlari panjarani kesib tashladi. Ko‘p qiynalgan hayvon tutqunlikdan ozod bo‘lgach, vahimada o‘zini qorong‘ulikka urdi va novdalar orasida ham tiqilib qolishiga bir baxya qoldi.
Foydalanuvchilar bu tasvirlarni ko‘rib nafaqat jonivorga achinishdi, balki uning xatti-harakatini qaysar o‘smirga o‘xshatishgan. Ba'zilar esa ushbu kadrlarni "Notr-Damlik bukur" multfilmiga qiyosladilar.
Mavzuga oid
15:08 / 19.07.2023
Qoraqalpog‘istonda brakonerlar tuzog‘iga tushgan ikki bug‘u nobud bo‘ldi
18:50 / 22.04.2023
Bojxonachilar fil tishi hamda 180 dona bug‘u shoxini ushlab qolishdi
12:10 / 03.12.2019
Foto: Surxondaryoda «Qizil kitob»ga kiritilgan Buxoro bug‘usi mahalliy aholi xonadoniga kirib qoldi
19:20 / 27.11.2017