Ikki arab ayol-uchuvchisi dunyodagi eng katta yo‘lovchi samolyotini boshqarmoqda
Shu haftada kutilayotgan Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida Amirlik o‘zining ayol xodimlariga katta e'tibor qaratmoqda. BAAda dushanba kuni dunyodagi eng katta yo‘lovchi samolyoti fonida ikki arab ayoli tasvirlangan kadrlar namoyish etildi. GulfNews shu haqidagi rolik bilan bo‘lishdi.
Videoda milliy aviakompaniyada xizmat ko‘rsatuvchi ikki uchuvchi - BAAdagi eng yosh uchuvchi ayol Aliya Al-Muhayriy va A380 samolyoti boshqaruviga birinchi bo‘lib o‘tirgan arab ayol-uchuvchisi, misrlik Nevin Darvish tasvirlangan. Ikki ayol Dubaydan Venaga parvoz qilmoqda.
Emirates'da 29 mingdan ziyod ayol faoliyat yuritadi, ulardan 18 mingdan ortig‘i ekipaj a'zolari, qolganlari esa texnik va boshqaruv xizmatlarini ko‘rsatishadi.
Ayol xodimlarning 2,5 foizi rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritishadi. Bundan tashqari, ayollar an'anaga ko‘ra erkaklar tomonidan bajariluvchi ishlarni ham o‘zlashtirib, karera qurishmoqda.
Aviakompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, ayol ishchilar soni kompaniya ko‘lamining kengayishiga qarab oshib bormoqda.
Ko‘plab tashkilotlar gender tenglik borasida katta muvaffaqiyatga erishayotgan bir paytda butun dunyo miyoqsida ishlovchi ayollar soni erkaklardan ortda qolmoqda.
BMT ma'lumotlariga ko‘ra, mehnatga layoqatli yoshdagi ayollarning bor-yo‘g‘i 50 foizigina ishlaydi, erkaklarda esa bu ko‘rsatkich 76 foizni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
14:15 / 12.11.2024
BAA o‘zbekistonlik haydovchilarni ish bilan ta’minlashni rejalashtirmoqda
15:31 / 26.10.2024
Dubayda dunyodagi eng ingichka osmono‘par bino qurilmoqda
12:00 / 23.10.2024
AQSh va BAA G‘azo va Livandagi keskinlikni kamaytirish sa’y-harakatlarini muhokama qildi
17:35 / 16.10.2024