Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nestle va Coca-Cola hamkorligida Nestea choyi ishlab chiqarilishi to‘xtatiladi
Amerikaning Coca-Cola va Shveytsariyaning Nestle kompaniyalari hamkorligidagi Beverage Partners Worldwide (BPW) korxonasi faoliyati 2018 yilda to‘xtatiladi. Bu haqda Nestle press-relizida keltirilgan.
BPW Yevropa va Kanadada Nestea markasi ostida butilkalarda sovuq choy tayyorlab sotishga ixtisoslashgan.
«Salqin ichimliklar mahsulotlari bozori o‘zgarishlarga tayyor. Nestle kompaniyasi Nestea mustaqil ravishda rivojlana oladi deb hisoblaydi», — deya qayd etilgan press-relizda.
Aniqlik kiritilishicha, Nestle Coca-Cola kompaniyasiga Nestea mahsulotini Kanada, Ispaniya, Portugaliya, Andorra, Ruminiya, Vengriya va Bolgariyada ishlab chiqarish va tarqatish uchun litsenziya taqdim etadi.

Mavzuga oid
18:11 / 14.10.2024
Qahva insult xavfini oshiradi, choy esa kamaytiradi - tadqiqot
13:31 / 14.05.2024
Yeydigan ovqatlarimiz, issiq choy saratonga sabab bo‘ladimi?
09:49 / 24.02.2024
O‘zbekistonga bir oyda 4,8 mln dollarlik choy import qilindi
19:37 / 01.02.2024