Fan-texnika | 13:52 / 06.03.2017
6332
2 daqiqa o‘qiladi

Pitstsa buyurtma qilishga mo‘ljallangan krossovka taqdim etildi

Pizza Hut kompaniyasi krossovkalar chiqarilishi haqida ma'lum qildi. Kompaniya dunyoning 90 mamlakatida pitssa yetkazib berish bilan shug‘ullanadi. Oyoq kiyimidagi tugmacha bosilsa, yetkazib beruvchi sizning aniq joyingizni aniqlab, buyurtmani ro‘yxatdan o‘tkazadi.

Pizza Hut krossovkalari GPS, Bluetooth va buyurtma uchun katta qizil tugmachaga ega. Tugmacha bosilsa, tizim sizni qayerda ekanligingizni aniqlaydi va ilovaga smartfon orqali ulanadi. Unda esa buyurtmani ro‘yxatdan o‘tkazish hamda yetkazib berishga buyurtma berish talab etiladi.

Shuning uchun krossovkalar aksessuar sifatida ishlatiladi. Pizza Hut’da telefonga ulanmay turib pitssaga buyurtma berish mumkin emas.

Krossovkalarni hozircha do‘kondan sotib olishning imkoni yo‘q, ularni avvaliga 64 juftda, cheklangan partiya bilan chiqarishadi hamda jurnalist va blogerlarga sinovdan o‘tkazish uchun tarqatishadi. Kelajakda oyoq kiyimi keng ommaga mo‘ljallab sotuvga qo‘yilishi ham mumkin, biroq uning narxi hozircha noma'lum.

Mavzuga oid