Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreyaning raketa sinovlari uch davlat vakillari tomonidan muhokama qilindi
Yaponiya tashqi ishlar vaziri Fumio Kisida 6 mart kuni AQSh davlat kotibi Reks Tillerson va Janubiy Koreya tashqi ishlar va savdo vaziri Yun Byon Se bilan uch tomonlama telefon muloqoti o‘tkazdi. Bu haqda Yaponiyaning NHK telekanali ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, tomonlar 6 mart kuni Shimoliy Koreya tomonidan amalga oshirilgan raketa sinovlarini muhokama qilishgan. Ayni vaqtda bu haqda boshqa ma'lumot keltirilmagan.
Shimoliy Koreya 6 mart ertalab g‘arbiy sohillaridan Yapon dengizi tomon 4 ta raketa uchirgan. Yaponiya hukumati ma'lumotlariga ko‘ra, raketalar 1000 km ga yaqin masofani uchib o‘tgan va ulardan uchtasi Yaponiyaning dengizdagi iqtisodiy hududiga tushgan. Tokio Pxenyanning bu harakatlaridan keskin norozilik bildirib, diplomatik kanallar orqali Shimoliy Koreyaga norozilik notasi jo‘natgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025