Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmaniston va O‘zbekiston Markaziy Osiyoda xavfsizlik muammolarini hal etishda harakatlarni birlashtiradi
Oliy darajadagi Turkmaniston-O‘zbekiston muzokaralari yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi yakuniga yetgach, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ommaviy axborot vositalari a'zolariga murojaat bilan chiqish qildilar. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligi xabar berdi.
Davlat rahbarlari muzokaralarda muhim o‘rin tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga qaratilganini ta'kidlashdi. Tomonlar xalqaro terrorizm, ekstremizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash kabi dolzarb masalalarni hal etishda ikki tomonlama va xalqaro tashkilotlar doirasida birgalikda yaqindan ishlashga kelishib olganliklari ta'kidlandi.
Markaziy Osiyoda tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashda mamlakatlarimiz pozitsiyasi o‘zgarmaydi: biz mintaqaning barqaror rivojlanishini ta'minlaydigan kuchli va samarali mexanizmlarni yaratish tarafdorimiz, deya ta'kidlab o‘tdi Gurbanguli Berdimuxamedov.
Afg‘oniston muammosiga yondashuvda o‘xshashlik borligi ta'kidlandi, turkman va o‘zbek tomoni qo‘shni mamlakatdagi vaziyatni hal etishga faqatgina tinch, siyosiy yo‘llar bilan, milliy muloqot asosida erishish mumkin, degan fikrda. Turkmaniston va O‘zbekiston afg‘on hukumatiga faol xalqaro yordam berish, Afg‘onistonning mintaqaviy va xalqaro iqtisodiy jarayonlar integratsiyasiga ko‘mak berish tarafdori.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
14:25 / 08.05.2025