Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Filippinda narkotik moddalar savdosi uchun o‘lim jazosi joriy etilishi mumkin
Filippin parlamentining vakillar palatasi mamlakatda narkotiklar bilan bog‘liq jinoyatlar uchun oliy jazo sifatida o‘lim jazosini tiklash haqidagi qonun loyihasini qabul qildi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar berdi.
Parlamentning quyi palatasida bo‘lib o‘tgan ovoz berish jarayonida narkotik moddalar savdosi yoki uning aylanishi bilan bog‘liq jinoyatlar uchun jazo tariqasida o‘lim jazosi yoki umrbod ozodlikdan mahrum etishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasi ma'qullandi. Hujjat loyihasi 216 deputat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi, 54 kishi qarshi chiqqan, bir deputat betaraf qoldi.
Avvaliga qonun loyihasi oliy jazoni bir qator jinoyatlar uchun qo‘llashni ko‘zda tutgandi. Ularning orasida bosqinchilik, zo‘rlash, davlatga xiyonat kabilar bor edi. Biroq keyinchalik qonunchilikka zid harakatlar miqdori bir necha bor kamaytirildi. Natijada hujjatning yakuniy matnida faqatgina giyohvand moddalar bilan u yoki bu jihatdan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlar qoldi, deb ta'kidlaydi Sinxua.
Filippin prezidenti Rodrigo Duterte amaldagi jinoiy qonunchilikni kuchaytirish va o‘lim jazosini tiklash kerakligi haqida ma'lum qildi. Uning fikricha, bu og‘ir jinoyatlarni oldini olishga yo‘naltirilgan samarali choradir.
Kutilishicha, qonun loyihasi yaqin orada Filippin parlamenti yuqori palatasiga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi. Senat uni tasdiqlasa, prezident hujjatga imzo chekishi lozim bo‘ladi, hamda shundan so‘ng u qonun maqomiga ega bo‘ladi.
Filippinda o‘lim jazosi 1987 yilgi konstitutsiyaga muvofiq bekor qilingandi. O‘shanda mamlakat o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun bunday jazo chorasini bekor qilgan birinchi Osiyo davlatiga aylandi. Barcha o‘lim jazolari umrbod qamoqqa almashtirilgan.
Mavzuga oid
18:35 / 13.05.2025
Xalqaro jinoiy sud orderi bilan hibsga olingan Filippin sobiq prezidenti mahalliy saylovlarda g‘alaba qozondi
01:24 / 02.05.2025
Filippinda yuz bergan YTHda 10 kishi halok bo‘ldi
22:58 / 27.04.2025
Xitoy Filippin yaqinidagi bahsli kimsasiz orolni egallab oldi
22:37 / 08.04.2025