Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Infiniti Jyenevada Q50 rusumli yangilangan sport-sedanni taqdim etdi
Infiniti kompaniyasi Shveytsariyaning Jyeneva shahrida ochilgan 2017 yilgi motorshou vaqtida Q50 rusumli yangilangan sport-sedanni taqdim etdi.
Yaponiyaliklarning bu avtomobili qator innovatsion texnologiyalar bilan boyitilgan hamda uning tashqi va ichki dizayni tamomila yangicha ko‘rinishga ega bo‘lgan.
Infiniti Q50 modelining sotuvi dunyo bo‘ylab joriy yilning ikkinchi choragida boshlanadi. Ishlab chiqaruvchi tomonning qayd etishicha, yangilangan tashqi dizayn avtomashinani sport avtomobillari toifasiga kiritish imkoniyatini beradi. Uning ichki ko‘rinishi ham tahsinga loyiq bo‘lib, yuqori sifatli xom ashyodan yasalgan.

Bundan tashqari, Infiniti o‘z brendlari orasida ilk marotaba ushbu modelini ProPilot texnologiyasi bilan jihozladi.
Yevropada avtomobillar ProPilot texnologiyasi bilan 2019 yil mavsumidan boshlab ishlab chiqariladi. Infiniti bundan buyon barcha avtomobillarini ProPilot dasturi bilan ta'minlagan holda sotuvga chiqarishni mo‘ljallamoqda. Bu dastur to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqaruv tizimiga moslashish, yo‘l chiziqlaridan chiqib ketmaslik, oraliq masofani nazorat qilish, avtohalokatlar va to‘qnashuvlardan saqlanish hamda intellektual kruiz kontrol kabi qo‘layliklarni o‘z ichiga oladi.

Infiniti Q50 motori ham sport sedanlari kabi super kuchga ega. Xususan, 400 ot kuchiga ega bo‘lgan avtomobilga VR yangi avlod motorlari toifasiga mansub V6 rusumli 3,0 litr hajmli biturbin dvigatel o‘rnatilgan.



Mavzuga oid
13:16 / 25.03.2024
Senat raisi Jyenevada BMT bosh kotibi o‘rinbosari bilan uchrashdi
21:31 / 29.02.2024
Shveytsariya shaharlari haqida 10 ta qiziqarli fakt
08:00 / 14.11.2023
Jyenevada O‘zbekistonning inson huquqlari bo‘yicha navbatdagi hisoboti taqdim etildi
14:49 / 14.06.2023