Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uy Koreya yarim oroliga RQM tizimlarini joylashtirish uchun aybdorni ma'lum qildi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Janubiy Koreyada raketalarga qarshi mudofaa tizimlarining ilg‘or THAAD komplekslarini joylashtiradi. Bu Koreya respublikasining KXDR ballistik raketalaridan himoyalanish qobiliyatini mustahkamlaydi. Oq uy rasmiy vakili Shon Spayser shunday bayonot berdi, deb xabar qilmoqda Reuters.
Uning so‘zlariga ko‘ra, KXDR tomonidan 4ta ballistik raketalarning uchirilishi fitnali harakat hisoblanadi va AQSh ittifoqchilari bilan birga ushbu tahdidga qarshi chiqadi.
«Tramp ma'muriyati Shimoliy Koreyaning ballistik raketalaridan himoyalanish bo‘yicha qobiliyatimizni oshirishga qaratilgan harakatlarni amalga oshiradi. Janubiy Koreyada THAAD batareyasini joylashtirish shulardan biridir», — degan Spayser.
Janubiy Koreya prezidenti v.b. Xvan Gyo An, KXDR 4ta ballistik raketa uchirganidan so‘ng, AQShga murojaat qilib, zudlik bilan yarim orolda RQM tizimlarini joylashtirishni so‘ragan edi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025