Jamiyat | 15:33 / 07.03.2017
64208
2 daqiqa o‘qiladi

Coca-Cola’ni sevib ichadiganlar albatta buni ko‘rishi kerak!

Facebook ijtimoiy tarmog‘ining LADbible guruhida Coca-Cola ichimligining ikki turi bilan o‘tkazilgan ajoyib tajriba videosi ommalashib bormoqda. Unga shu vaqtgacha 275 mingdan ortiq foydalanuvchi “Like” tugmachasini bosgan. 

Videoda gaz ballonchalarida qizdirilayotgan ikkita tovaga Coca-Cola va Coca-Cola Zero ichimliklari quyiladi. So‘ngra ular tarkibidagi suvi to‘liq bug‘languncha qaynatiladi. 

Yakunda tovalardan birida, aniqrog‘i Coca-Cola quyilgan idishda tagida ko‘p miqdorda shakar qiyomi qoladi. 

Shu o‘rinda, shakarning inson organizmiga zarari xususida olib borilgan ayrim tadqiqot natijalarini havola qilamiz, xulosa qilish esa o‘zingizdan.

Shakarni tanada ortiqcha yog‘larning to‘planishiga, qarish jarayonining tezlashuviga olib keladi. Tanani B vitaminlaridan mahrum etadi, yurakka salbiy ta'sir ko‘rsatadi, inson organizmidagi kalsiyni yemiradi. Shakarning eng xavfli tomoni tananing tabiiy immunitetini 17 martaga zaiflashtiradi.

Mavzuga oid