Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyadagi ko‘l pushti rangga kirdi
Avstraliyaning Viktoriya shtatidagi ko‘l pushti rangga kirdi. OAVda ma'lum qilinishicha, bir qarashda bu bo‘yoq yoki ifloslanish tufayli yuz bergani haqida xulosa chiqarish mumkin, biroq ko‘ldagi suv tabiiy sabablarga ko‘ra shunday rangga kirgan.
Ko‘l o‘z rangini unda katta miqdorda tuz borligi hamda yomg‘irlar tugagach, yuqori harorat va quyosh nuri "o‘z ishini" qilgani sababli o‘zgartirgan. Mutaxassislarning ma'lum qilishicha, ko‘l tubida fotosintez vaqtida qizil rang chiqaruvchi suv o‘tlari o‘sadi. Ko‘l joylashgan bog‘da ma'lum qilinishicha, bu antiqa manzarani faqatgina ko‘rib-zavqlanish mumkin, biroq suvga qo‘l tegkazish tavsiya qilinmaydi. Suv sathi ko‘tarilib, havo harorati sovishi bilan ko‘l yana odatiy rangiga kiradi. Bunda suv o‘tlari maxsus elementlarni ishlab chiqarishni to‘xtatadi va barchasi asl holiga qaytadi.
Hozircha esa avstraliyaliklar bunday noyob manzaraning guvohi bo‘lish imkoniyatiga egalar.
Mavzuga oid
12:24 / 30.04.2025
AQSh Avstraliyaning Amerika tanklarini Kiyevga berishiga to‘sqinlik qilyapti
21:25 / 28.04.2025
Avstraliya Ukraina uchun Abrams tanklarini yetkazib berishni kechiktirdi
21:02 / 28.04.2025
Avstraliyadagi radiostansiya yarim yil davomida SI-boshlovchidan foydalanib kelgani ma’lum bo‘ldi
01:16 / 24.04.2025