Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada prezidentlikka besh nomzod zarur miqdorda imzo to‘play oldi
Fransiyada prezidentlikka besh nomzod saylovlarda ishtirok etish uchun zarur miqdordagi imzolarni (500 imzo) to‘play oldi. Bundan Fransiya konstitutsion kengashi ma'lumotlari guvohlik bermoqda.
Ushbu shartni birinchi bo‘lib bir hafta oldin "Respublikachilar" partiyasi vakili va mamlakatning sobiq bosh vaziri Fransua Fiyon bajarishga muvaffaq bo‘lgan. Ayni vaqtga kelib uning nomzodini hukumatning 1789 nafar vakili qo‘llab-quvvatlagan.
Sotsialchi nomzod, Fransiyaning sobiq ta'lim vaziri Benua Amon 1039 ta, "Olg‘a" harakati yetakchisi, sobiq iqtisodiyot vaziri Emmanuel Makron 1074 ta, "Fransiya, uyg‘on" partiyasi raisi Nikolya Dyupon-Enyan 559 ta va "Ishchi kurash" partiyasi vakili Natali Arto 557 ta ovoz to‘plagan.
Zarur bo‘lgan chegaraga yana bir necha nomzod, jumladan "Milliy front" partiyasi yetakchisi Marin Le Pen ham yaqinlashib qolgan. Imzolar yig‘ilishi 18 mart kuni yakunlanadi.
Qonunga ko‘ra, prezidentlikka har bir nomzod turli darajadagi amaldorlarning kamida 500 imzosini to‘plashi kerak. 500 ta imzo to‘play olgan nomzodlargina Fransiya prezidenti lavozimiga rasmiy nomzod sifatida ro‘yxatga olinadi.
Fransiya prezidenti saylovlari 23 aprel va 2 may kunlari ikki bosqichda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025